AsosiyJamiyat

Senat Raisi: Qishloq ahlini qiynayotgan muhim muammolarni kompleks hal etishga jiddiy yondashmadik

'Senat Raisi: Qishloq ahlini qiynayotgan muhim muammolarni kompleks hal etishga jiddiy yondashmadik'ning rasmi

Toshkentda Oliy Majlis Senatining o`n sakkizinchi yalpi majlisini Senat Raisi Nig`matilla Yo`ldoshev ochib berdi, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.

"Avvalo, shuni qayd etish joizki, muhtaram Prezidentimizning Parlamentga yo`llagan Murojaatnomasi barchamiz uchun taraqqiyotimizning hozirgi bosqichidagi yana bir yangi davrni boshlab berdi, - dedi u jumladan. — Eng muhimi, bu davr ham aniq maqsadlar va ularni ro`yobga chiqarish uchun barcha vositalar mujassam bo`lgan hayotbaxsh bosqich bo`ladi.

Ayniqsa, so`z va ish birligi davlat siyosatida asosiy mezonlardan biriga, butun jamiyatning hayot tarziga aylanib borayotgani har qanday marra va maqsadning albatta zabt etilishi garovidir.

"Obod qishloq" dasturini 2019 yilda amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Prezident qarorining o`zi bunday qat`iy ishonch asoslaridandir.

E`tibor bering: biz aholining asosiy qismi qishloq joylarda istiqomat qilishi bois, qishloq ahli to`q va farovon yashasa, bu jihat butun mamlakat taraqqiyotining ko`zgusi bo`lishi haqida ko`p yillar gapirib keldik.

Biroq, tan olish kerak, qishloq ahlini qiynayotgan muhim muammolarni kompleks hal etishga jiddiy yondashmadik".

    Boshqa yangiliklar