AsosiyJamiyat

TIV Janubiy Koreyada komaga tushgan o`zbekistonlik yuzasidan axborot berdi

'TIV Janubiy Koreyada komaga tushgan o`zbekistonlik yuzasidan axborot berdi'ning rasmi

Internet tarmog`ida O`zbekiston fuqarosi Abram Oqilov Koreya Respublikasining klinikalaridan birida og`ir ahvolga tushgani to`g`risidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur masalaga O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi, TIV Konsullik-huquqiy departamenti munosabat bildirdi.

Xabarga ko`ra, bemor yurtimizning Seul shahridagi elchixonasi doimiy nazoratiga olingan.

Abram Oqilov O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi orqali 2017 yilning noyabrida Janubiy Koreyaga kelgan va o`tgan yilning yozida komaga tushib shifoxonaga yotqizilgan bo`lib, u erda hozirga qadar malakali tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Qayd etilishicha, davolash tadbirlari doirasida shifoxona tomonidan O`zbekistondan Oqilovning akasi Azizjon taklif qilingan va unga bemor bilan bir palatada qolish ruxsati berilgan.

O`zbekiston elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, hozirgi vaqtda huquqni himoya qilish organlari tomonidan Abram Oqilov ishlagan kompaniyaga nisbatan ishchi mehnati muhofazasini ta`minlash qoidalariga rioya qilinganligi bo`yicha tekshiruv o`tkazilmoqda.

Elchixonaning konsullik xodimlari mavjud muammolarni zudlik bilan hal qilish maqsadida vatandoshimiz davolanayotgan joyga bir necha bor tashrif buyurdilar va doimiy aloqada bo`lib turibdilar.

TIV xabariga ko`ra Janubiy Koreya idoralari tomonidan klinikaning tibbiy xodimlari shikoyati asosida noqonuniy xatti-harakatlari qayd etilgan bemorning akasiga nisbatan ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar