1

3500 dona psixotrop tabletkalar to`xtatib qolindi

Jamiyat 28.02.2019, 23:38
3500 dona psixotrop tabletkalar to`xtatib qolindi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan mamlakatimizga psixotrop dori vositalarini noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yildi.

“Sariosiyo” chegara bojxona postida fuqaro U.M. boshqaruvida bo`lgan “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o`tkazilganda, ushbu shaxs “Baklosan” nomli 3500 dona psixotrop tabletkalarni noqonuniy olib o`tishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1