1

Avtomobil ehtiyot qismlari va noyob archalarni noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Jamiyat 28.02.2019, 23:40
Avtomobil ehtiyot qismlari va noyob archalarni noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Farg`ona viloyati bojxonachilari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi tovar moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi. Viloyatning Farg`ona tumanida yashovchi fuqaro S.X. ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada ushbu xonadon kirish qismidagi ochiq ayvon tagida muqaddam qo`shni davlatdan noqonuniy yo`llar bilan olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 70 million so`mdan ortiqni tashkil etuvchi 2144 dona avtotransport ehtiyot qismlari va 106 tup noyob archalar noqonuniy ravishda saqlanayotganligi aniqlandi.

Qizig`i shundaki, xonadon egasi ushbu yuklarning qaerdan kelib qolganligini go`yoki bilmas emish.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1