Hindistonning Pokiston bilan chegaradosh Jammu va Kashmir hududlarida vertolyot halokatga uchradi, deya xabar berdi Report nashri.
Hindiston havo kuchlariga tegishi Mi-17 vertolyoti kutilmaganda erga qulagan. Natijada 2 nafar uchuvchi qurbon bo`ldi. Avvalroq esa Pokistonda Hindistonga tegishli 2 ta samolyot o`qqa tutilgan edi. Biroq Pokiston armiyasi bu galgi voqeaga aloqasi yo`qligini ma`lum qilmoqda.
Eslatib o`tamiz, har ikkala davlat o`rtasidagi mojaroli vaziyat 14 fevral kuni Kashmirda amalga oshirilgan terrorchilik hujumidan so`ng boshlangan.






