1

"Tracker" va "Malibu" avtomobillariga foizsiz to`lov 2 yilga uzaytirildi

Jamiyat 01.03.2019, 10:29
"Tracker" va "Malibu" avtomobillariga foizsiz to`lov 2 yilga uzaytirildi

Xabaringiz bor, «GM Uzbekistan» AJ va «O`zagrosug`urta» AJ bilan birgalikda «Chevrolet Malibu» va «Tracker» avtomobillarini 1 yilga muddatli to`lov orqali sotib olish bo`yicha yangi xizmat ishlab chiqqan edi.

Kompaniya foizsiz to`lov muddatini 2 yilga uzaytirdi. Shuningdek, aksiyaning amal qilish muddati ham 2019 yilning 21 mart kuniga qadar uzaytiriladi. Bu qaror ko`p sonli xaridorlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda qabul qilingani aytilgan.

Endilikda xaridor 215 mln so`m boshlang`ich to`lov evaziga «Malibu Turbo», 190 mln so`m boshlang`ich to`lov evaziga «Malibu», hamda 128 mln so`m boshlang`ich to`lov evaziga Chevrolet Tracker xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini ikki yil davomida foizsiz bo`lib to`lash imkoniga ega bo`ladi.

Shartnoma tuzilgan vaqtda «O`zagrosug`urta» mutaxassislari o`sha joyning o`zida muddatli to`lovga berilayotgan summaning 4,5% miqdorida moliyaviy xatardan hamda muddatli to`lov summasining garov qiymatidan 2% miqdorda sug`urta polisini rasmiylashtiradi. Shunda avtomobillar uchun sug`urta to`lov summasi quyidagicha bo`ladi:

Tracker A/T — 1 753 611 (2%) va 3 945 625 (4,5%)

Tracker M/T —1 126 177 (2%) va 2 533 898,48 (4,5%)

Malibu — 1 715 635 (2%) va 3 860 178 (4,5%)

Malibu Turbo— 1 741 244 (2%) va 3 917 799 (4,5%)

Mazkur aksiyada faqat dilerlarda mavjud bo`lgan ushbu modeldagi avtomobillar ishtirok etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1