1

Namangan viloyatidagi tumanlarga 20-25 milliard so`mdan mablag` ajratiladi

Jamiyat 01.03.2019, 16:46
Namangan viloyatidagi tumanlarga 20-25 milliard so`mdan mablag` ajratiladi

Namangan viloyatini kompleks rivojlantirish uchun 2,8 milliard dollarlik Dastur ishlab chiqildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev 1 mart kuni Namangan viloyati faollari ishtirokida bo`lgan yig`ilishda aytib o`tdi.

Mazkur dasturga asosan, Namangan viloyatida 2019-2020 yillarda umumiy qiymati 2,8 milliard dollar bo`lgan 1 ming 400 dan ortiq investisiya loyihasi amalga oshirilishi belgilangan.

Davlatimiz rahbari ushbu loyihalar 39 mingta doimiy ish o`rni yaratish, 1,1 milliard dollar to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiya jalb qilish va o`zlashtirishni ta`minlashini alohida ta`kidladi.

Shuningdek, viloyatda “Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish uchun 1 trillion so`m ajratilishi ma`lum qilindi. Bu mablag`lar hisobiga viloyatda oilaviy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashning yangicha tizimi joriy etiladi.

Namangan viloyatidagi tuman markazlarini obod maskanlarga aylantirish maqsadida har bir tumanga 20-25 milliard so`mdan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritilgan qishloqlar va mahallalarga qo`shimcha ravishda 2 milliard so`mdan ajratilishi ta`kidlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1