1

Toshkent hayvonot bog`iga kirish chiptalari narxi oshdi

Jamiyat 01.03.2019, 16:50
Toshkent hayvonot bog`iga kirish chiptalari narxi oshdi

Toshkent hayvonot bog`ida 1 martdan kirish chiptalari narxi oshdi. Bu haqda hayvonot bog`i saytida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, kommunal xizmatlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshganligi munosabati bilan Madaniyat vazirligining 2019 yil 25 fevraldagi xatiga hamda Toshkent shahar Madaniyat bosh boshqarmasining 2019 yil 27 fevraldagi ko`rsatmasiga asosan, 2019 yil 1 martdan Toshkent hayvonot bog`i kirish chiptalarining narxi oshgan.

Yangi narxlar quyidagicha belgilandi:

7 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun - bepul;

7 yoshdan 16 yoshgacha bolalar uchun - 10 000 so`m;

kattalar uchun - 15 000 so`m;

muddatli harbiy xizmatdagi askarlar uchun - 10 000 so`m;

yoshga doir nafaqadagi shaxslar uchun - 10 000 so`m;

nogironligi bo`lgan shaxslar uchun - bepul.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1