1

Bojxona: tadbirkorlar uchun muhim yangilik - “yashil” va “ko`k” yo`laklar to`liq ishga tushirildi

Jamiyat 01.03.2019, 19:05
Bojxona: tadbirkorlar uchun muhim yangilik - “yashil” va “ko`k” yo`laklar to`liq ishga tushirildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil24 noyabrdagi “Bojxona ma`murchiligini takomillashtirish va O`zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni bilan bojxona sohasida Xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi amaliyotga joriy etilib, tovar va transport vositalari uchun ham bojxona nazoratida maxsus yo`laklar joriy etildi.

Jumladan, 2018 yil 1 dekabrdan boshlab “sariq” va “qizil” yo`laklar ishga tushirilgan bo`lsa, 2019 yil 1 martdan boshlab “yashil” va “ko`k” yo`laklar joriy etildi.

Ushbu tizimni to`laqonli amalga kiritish orqali “yalpi” bojxona nazoratini o`tkazishdan voz kechgan holda, xavf profillari yoki tasodifiy tanlov asosida tovar va transport vositalarining bojxona nazorati quyidagi yo`laklardan biriga yo`naltirilgan holda amalga oshiriladi:

«yashil yo`lak», bunda xavf darajasi past bo`lgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish to`g`risidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi.

«qizil yo`lak», bunda bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori ko`rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi.

«sariq yo`lak», bunda bojxona deklarasiyasi, hujjatlar va ma`lumotlarni tekshirish bo`yicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi o`rta ko`rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi.

«ko`k yo`lak», bunda xavf darajasi o`rta ko`rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan so`ng amalga oshiriladi.

Ushbu tizim tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi yuzasidan amalga oshiriladigan bojxona operasiyalarining o`tkazilishini tezlashtirish bilan bir qatorda bojxona to`g`risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini aniqlash, prognoz qilish va ularning oldini olishda muhim rol o`ynaydi.

Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ma`muriy to`siqlarni kamaytirishga, bojxona nazorati xajmining kamayishiga, sifatining oshishiga, halol tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini rag`batlantirishga xizmat qiladi.

Tadbirkorlar endilikda Davlat bojxona qo`mitasining bojxona.uz sayti orqali bojxona yuk deklarasiyasining maqomi hamda uning qaysi yo`lakka joylashtirilganligi to`g`risida real vaqt rejimida ma`lumot olish imkoniyatiga ham ega bo`lishdi. Bu esa mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish yo`nalishidagi muhim yangilik hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1