1

Faollar yig`ilishidan so`ng Prezident ijtimoiy ob`ektlar va yangi loyihalar bilan tanishdi

Jamiyat 02.03.2019, 04:25
Faollar yig`ilishidan so`ng Prezident ijtimoiy ob`ektlar va yangi loyihalar bilan tanishdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining sog`liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga oid qarorlari natijasida joylarda zamonaviy tibbiy muassasalar ishga tushirilmoqda. Namangan shahridagi “ANAMED” xususiy diagnostika markazi ana shunday sub`ektlardan biridir.

Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatiga tashrifi chog`ida ushbu diagnostika markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Neyrojarrohlik, nevrologiya, kardiologiya, urologiyaga ixtisoslashtirilgan ushbu markaz “General Electric”, “Siemens” va boshqa kompaniyalarning ilg`or diagnostika uskunalari bilan jihozlangan. Malakali kadrlar jamoasi shakllantirilgan. Bu borada Buyuk Britaniya, Yaponiya, Rossiyadagi etakchi diagnostika markazlari bilan hamkorlik o`rnatilgan. Bir guruh shifokorlar ushbu mamlakatlarda malaka oshirib qaytgan. Hindiston va Rossiyadan tajribali shifokorlar ishga jalb etilgan.

Hozir bu erda o`ttizdan ortiq kishi ishlaydi. Shu oyda stasionar va fizioterapiya bo`limlari foydalanishga topshirilishi bilan yana ellikdan ziyod yangi ish joyi yaratiladi.

Davlatimiz rahbari kasalliklarni davolagandan ko`ra, ularning oldini olish zarurligini, to`g`ri tashxis qo`yish va kasalliklarni erta aniqlash uchun bunday diagnostika markazlari muhimligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1