1

Nukus garnizonidagi yig`inda haqiqiy jang holati imitasiya qilindi

Jamiyat 02.03.2019, 04:41
Nukus garnizonidagi yig`inda haqiqiy jang holati imitasiya qilindi

Nukus garnizonida Mudofaa vazirligi qo`shinlari tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofiserlari bilan uslubiy yig`in o`tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligining matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unda harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonlari, oliy harbiy ta`lim muassasalari boshliqlari va harbiy qism komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosarlari, okrug tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmalari (bo`limlari) va bo`linmalari boshliqlari hamda soha ofiserlari ishtirok etdi.

Yig`in davomida Kurolli Kuchlar tizimida ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi ijrosini ta`minlashda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari, axborot-tahliliy ta`minot uslubiyati, mashg`ulotlarni o`tkazishda interfaol uslublardan foydalanish, bo`linmalarda badiiy havaskorlik guruhlarini shakllantirish, dala sharoitidagi axborot markazini tashkil etish kabi mavzular ko`rib chiqildi.

Ta`kidlash joizki, bu yilgi yig`inda dala-o`quv maydonida real vaziyatga yaqinlashtirilgan tarzda ko`rgazmali amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi. Uning o`ziga xosligi jismoniy-ruhiy to`siqli yo`lakchaning mobilligidir. U kamxarj va foydalanish uchun juda qulay. Unda kishining stress holatiga moslashuvchanligi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyati shakllantiriladi. O`q otish mashg`ulotida haqiqiy jang holati (yong`in, tutun, portlashlar kabilar) imitasiya qilindi.

Tadbirning madaniy qismida yig`in ishtirokchilari uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatriga tashrif, I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog`iston san`at muzeyiga ekskursiya va boshqa ma`naviy-ma`rifiy uchrashuvlar tashkil etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1