1

O`zbek anorlari birinchi marta Fransiyadagi eng yirik bozor rastalarida paydo bo`ldi

Jamiyat 02.03.2019, 04:42
O`zbek anorlari birinchi marta Fransiyadagi eng yirik bozor rastalarida paydo bo`ldi

O`zbekistonda etishtirilgan anorlar Fransiyadagi eng yirik Rungis bozori rastalarida paydo bo`ldi, deb yozadi "Xalq so`zi".

Bu borada Commercial Fruits kompaniyasi o`zbek anorlarining birinchi turkumi importchisiga aylandi. Uning direktori Gabriel Brunoning aytishicha, 25 yil davomida ular Peru va AQShdan anor xarid qilib yurishgan, endi esa O`zbekiston bozoriga ham kirish yo`li ochildi.

«O`zbekiston bozorimizdagi yangi yo`nalish hisoblanadi. Shunga qaramay, uzoq masofadan mahsulotlarning o`z vaqtida va sifatli etkazib berilishi biz uchun yoqimli bo`ldi», - dedi u.

UzFranceTrade O`zbekiston-Fransiya savdo uyi raisi Xaled Bedaush mazkur etkazma bir necha oy hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasi ekanligini ta`kidladi. Paris Royal do`konlar tarmog`i egasi Vissem Goujaning e`tirof etishicha esa O`zbekistondan keltirilgan bunday tabiiy ne`matlarga nisbatan talab ortib boryapti.

Evropaga mahsulotlar importi bilan shug`ullanadigan Theodora Group kompaniyasi bosh direktori Dildora Otajonovaning aytishicha, fransuz bozorining asosiy ajralib turadigan jihati bu qadoqlashdir. Ya`ni har bir quti bir xil vaznda bo`lishi kerak va mevalarni o`rashga ham alohida e`tibor qaratiladi.

«Shular bilan bir qatorda yig`ish, sovitish, aniq o`lchamlar asosida saralash va jo`natish Evropa bozoriga mahsulot etkazib berishni tashkil qilishda katta rol o`ynaydi», — dedi u.

Ta`kidlash joizki, Rungis faranglar yurtidagi eng yirik oziq-ovqat va logistika markazi hisoblanadi. Uning maydoni 234 gektar bo`lib, u erda har kuni 16 million tonna sarxil mevalar, sabzavotlar, go`sht, baliq, sut mahsulotlari va o`simliklar sotiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1