1

Elektr va gazdan foydalanish tartibiga o`zgartirishlar kiritildi

Jamiyat 02.03.2019, 05:06
Elektr va gazdan foydalanish tartibiga o`zgartirishlar kiritildi

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Hukumat qaroriga o`zgartirishlar (182-son, 28.02.2019 y.) kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, elektr energiyasi shartnomada ko`rsatilganidan 5 foizdan ko`p iste`mol qilinganda, ortiq iste`mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 1,15 baravari miqdorida to`lov undiriladi. Ilgari, bir yarim baravari miqdorida undirilgan.

Shuningdek, iste`molchilarga elektr energiyasi va gaz etkazib berish iste`molchilar tomonidan murojaat qilinganida 50 foizlik oldindan haq to`lash asosida ham amalga oshiriladi. Bunda, hisob-kitobni 50 foiz oldindan haq to`laydigan iste`molchilar hisob-kitob amalga oshiriladigan davrni ko`rsatib 5 kun oldin Byuroga murojaat qilishlari lozim.

Ilgari, faqat 100 foizlik oldindan haq to`langanida etkazib berilgan.

Oldindan haq to`lanmagan, 50 foizlik haq to`laydigan iste`molchilar tomonidan oy oxirigacha yakuniy haq to`lanmaganda, mazkur iste`molchilarga nisbatan elektr va gazdan to`liq uzishgacha bo`lgan choralar ko`riladi.

Elektr energiyasi uchun amaldagi tariflar o`zgargan taqdirda iste`molchilar avans tariqasida to`langan to`lov kunidan boshlab keyingi 2 oydan ortiq bo`lmagan muddatda, maishiy iste`molchilar esa – keyingi 6 oydan ortiq bo`lmagan muddatda qo`shimcha to`lov to`lashdan ozod etiladi.

Ilgari bu muddat 12 oyni tashkil etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1