1

Toshkentda ayrim ko`chalar ma`lum muddatgacha yopiladi

Jamiyat 03.03.2019, 08:41
Toshkentda ayrim ko`chalar ma`lum muddatgacha yopiladi

Bugun, 3 mart kuni soat 8:00dan 11:00ga qadar marafon o`tkazilishi munosabati bilan Mirobod tumanida qator ko`chalar yopiladi.

Toshkent shahar IIBBning xabariga ko`ra, marafon Mirobod tumani hokimiyati tomonidan tashkillashtirilgan bo`lib, Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag`ishlanadi.

Marafonda 900dan oshiq ayollarning ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Ishtirokchilar Oybek ko`chasida joylashgan «Shox Med Center»dan boshlab Afrosiyob, Sharof Rashidov, Islom Karimov ko`chalari bo`ylab yugurib o`tishadi.

Shu sababli marafon vaqtida quyidagi ko`chalar bo`ylab transport vositalari harakati qisman cheklanadi:

Oybek ko`chasi – Nukus ko`chasidan Shahrisabz ko`chasiga qadar;

Afrosiyob ko`chasi – Shahrisabz ko`chasidan Sharof Rashidov ko`chasiga qadar;

Sharof Rashidov ko`chasi – Afrosiyob ko`chasidan Islom Karimov ko`chasiga qadar;

Islom Karimov ko`chasi – Sharof Rashidov ko`chasidan Zarafshon ko`chasiga qadar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1