1

Shohjahon Ergashevga «Malibu» sovg`a qilindi

Jamiyat 03.03.2019, 08:49
Shohjahon Ergashevga «Malibu» sovg`a qilindi

Professional boksning super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga ko`tarilayotgan Shohjahon Ergashevga (16-0, 14 KO) O`zbekiston professional boks federasiyasi tomonidan «Malibu» avtomobili sovg`a qilingan. Bu haqda «GoSport.uz» xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, federasiya rahbari Isroil Yunusov Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangdagi g`alabasiga mukofot sifatida avtomobilni taqdim etgan. Agar Shohjahon chempionlik kamarini qo`lga kiritadigan bo`lsa, unga beriladigan mukofot yanada katta bo`lishini ta`kidlagan.

Eslatib o`tamiz, Shohjahon Ergashev fevral oyida amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5 KO) qarshi qiyin kechgan jangda ochkolar evaziga g`alaba qozongandi.

Ushbu jangidan keyin Shohjahon murabbiyini o`zgartirdi. Endi u Menni Pakyaoning ustozi bilan ishlaydi.

1 mart kuni e`lon qilingan VBA reytingida Ergashev bir pog`ona yuqorilab, 4-o`rindan joy olgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1