1

“Yoshlar media markazi” NNT jurnalist va blogerlar uchun mini-grantlar tanlovini e`lon qildi

Jamiyat 03.03.2019, 18:28
“Yoshlar media markazi” NNT jurnalist va blogerlar uchun mini-grantlar tanlovini e`lon qildi

Mini-grantlarbugungi o`zbek yoshlari hayotiga oid tahliliy-tanqidiy, ijtimoiy so`rov yoki statistik ko`rsatkichlarga asoslangan, xolis xulosa, haqqoniy baho, amaliy taklif va mulohazalarni o`z ichiga olgan, “tosh bosuvchi” materiallarga ajratiladi.

Mini-grant olish uchun muallif quyidagilarni taqdim etishi kerak*:

- mavzu (materialdan o`rin oladigan asosiy ma`lumotlar);

- hudud (agar xizmat safariga chiqish zarurati bo`lmasa shartmas);

- mini-grant summasi;

- kontakt ma`lumotlari.

Mini-grant summasi 500 ming so`mdan 1,5 million so`mgacha. Material muhimligi, qamrov hududi kengligiga qarab summa miqdori ko`payishi mumkin.

Tanlovga kelib tushgan eng ma`qul takliflardan har oyda 10 tasi saralab olinadi va ularga mini-grant ajratiladi.

* 1 ta Word faylga hammasi jamlab, yuborish zarur.

Telegram raqam: +99899 8981845

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1