1

Kelasi hafta boshida O`zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

Jamiyat 03.03.2019, 20:48
Kelasi hafta boshida O`zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

«O`zgidromet» 3-6 mart kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 4 martda ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 martda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 martda kechasi 3o sovuq — 2o iliq, kunduzi 10-15o iliq, 4 martda kechasi 3o sovuq-2o iliq, kunduzi 8-13o iliq, 5 martda kechasi 2-7o sovuq, kunduzi 8-13o iliq, 6 martda kechasi 0-5o sovuq, kunduzi 8-13o iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 4 martda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 martda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 martda kechasi 3-8o iliq, kunduzi 10-15o iliq, 4 martda kechasi 3-8o iliq, kunduzi 8-13o iliq, 5-6 martda kechasi 0-5o iliq, kunduzi 8-13o iliq bo`ladi.

Toshkent viloyatida havo o`zgarib turadi, 3 martda kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. 4 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 5 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. 6 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 martda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-4 martda kechasi 3-8o iliq, kunduzi 10-15o iliq, 5 martda kechasi 3-8o iliq, kunduzi 8-13o iliq, 6 martda kechasi 0-5o iliq, kunduzi 8-13o iliq bo`ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 3 va 6 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. 4 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 5 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 martda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-4 martda kechasi 3-8o iliq, kunduzi 10-15o iliq, 5 martda kechasi 3-8o iliq, kunduzi 8-13o iliq, 6 martda kechasi 0-5o iliq, kunduzi 8-13o iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 3 va 6 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. 4 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 5 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 martda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8o iliq, kunduzi 3-4 martda 13-18o iliq, 5-6 martda 11-16o iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 3 martda kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. 4 va 6 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. 5 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 martda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5o iliq, kunduzi 8-13o iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, 3-5 martda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. 6 martda yog`ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 martda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-4 mart-da kechasi 0-5o sovuq, kunduzi 3-8o iliq bo`ladi, 5-6 martda kechasi 3-8o sovuqgacha pasayadi, kunduzi 0-5o iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1