1

Yosh bolasi bilan ko`chada qolib ketgan ayolga uy berildi (video)

Jamiyat 04.03.2019, 09:49
Teglar: Video
Yosh bolasi bilan ko`chada qolib ketgan ayolga uy berildi (video)

Bundan bir oy avval ichki ishlar xodimlari Xoja Ahror Valiy masjidi yonida yosh bolasi bilan o`tirgan Muyassar ismli ayolning vaziyatini o`rganib unga yordam berish choralarini ko`ra boshlagan. Bu haqda "Zamon" informasion dasturida ma`lum qilindi.

Ayolning so`zlariga ko`ra, u bir necha kun bolasi bilan ko`chada qolib ketgan, bekatlarda tunashga majbur bo`lgan.

Toshkent shahar IIBB multimedia markazining xabar berishicha, ayolning farzandi shahar onkologiya shifoxonasiga joylashtiriladi. Qisqa muddat ichida uning nomiga plastik kartochka rasmiylashtirilib, moddiy yordam ko`rsatiladi.

Shuningdek, O`zbekiston xotin-qizlari qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva ham ushbu ayol bilan uchrashib, unga boshpana topishda ko`mak berilishini ma`lum qilgan.

Natijada ayolga Namangan shahridan bir xonalik uy berildi. Ona va bolaning xursandchiligi cheksiz.


Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1