AsosiyJamiyat

Toshkentdagi rekonstruksiyasi 2011 yilda boshlangan Elbek ko`chasining ta`miri 2015 yilda yakuniga etadi

Toshkent shahrining Yashnobod (sobiq Hamza) tumanidagi Elbek ko`chasi 2014 yilda internet-rolik qahramoniga aylanishga va toshkentliklar orasida «eng ko`p jabrlangan» degan nom olishga ulgurdi.

Podrobno.uz’ning yozishicha, bu ko`chadagi ta`mirlash ishlari 2011 yilda boshlangan bo`lib, 2014 yilning yoziga qadar davom etdi. E`tiborli tomoni, shunda ham ko`chaning 20 foizi ahvoli achinarli ko`rinishda qolgan.

Yashnobod tumani hokimi Farrux Hakimovning ma`lum qilishicha, Elbek ko`chasining qolgan qismini ta`mirlash ishlari faqatgina 2015 yilda yakuniga etkaziladi.

Ma`lumot uchun, Elbek ko`chasi Yashnobod tumanidagi eng uzun ko`chalardan biri bo`lib, «Mashinasozlar» va «Do`stlik» (sobiq Chkalov) metro bekatlarini bog`laydi.

    Boshqa yangiliklar