AsosiyJamiyat

Senator Mirabror Usmonov vafot etdi

'Senator Mirabror Usmonov vafot etdi   'ning rasmi

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasining sobiq prezidenti, senator Mirabror Zufarovich Usmonov 15 mart kuni 71 yoshida olamdan o`tdi, deb xabar qildi O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi.

Eslatib o`tamiz, Mirabror Usmonov 12 mart kuni o`pka va nafas yo`llari bilan bog`liq kasallik sabab Milliy olimpiya qo`mitasi klinikasining (“Ezgu niyat”) jonlantirish bo`limiga yotqizilgan edi.

Mirabror Zufarovich 2013-2017 yillar davomida O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti sifatida faoliyat olib borgan. Aynan uning rahbarligida O`zbekiston delegasiyasi 2016 yili Rio Olimpiadasida o`zining eng yaxshi natijasini qayd etdi (4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medal).

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi Mirabror Usmonov 1995 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 1997 yilda O`zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig`i, 2006 yilda “O`zbekiston mustaqilligining 15 yilligi” esdalik nishoni, 2012 yilda “El-yurt hurmati” ordeni, 2017 yilda “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlangan. 2014 yili esa FIFAning “Xizmatlari uchun” maxsus ordeni va Osiyo Olimpiya Kengashining “Oltin ordeni” bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2006 yildan 2017 yilgacha O`zbekiston futbol federasiyasi prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan.

    Boshqa yangiliklar