AsosiyJamiyat

16 mart kuni O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

'16 mart kuni O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti'ning rasmi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 mart kuni poytaxtda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 22-24 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 16-21 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o`zgarib turadi, kechqurun yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar