AsosiyJamiyat

Xorijning nufuzli OTMlari yurtimiz yoshlarini chorlamoqda

'Xorijning nufuzli OTMlari yurtimiz yoshlarini chorlamoqda 'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda “EDU-EXPO” MChJ kompaniyasi hamkorligida “Yoshlar ijod saroyi”da ta`lim ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda.

Yoshlarga xorijda ta`lim olish bo`yicha keng ma`lumot taqdim etish maqsadida tashkil etilgan ko`rgazmada Malayziya, Xitoy, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh, Kanada va boshqa bir qator xorijiy davlatlarining 40 dan ortiq oliy ta`lim muassasalari, Toshkent shahrida joylashgan xalqaro universitetlarning filiallari va o`quv markazlariishtirok etmoqda.

– Yoshlarimizning ko`pchiligi xorijdagi tengdoshlari bilan raqobat qiladigan darajada bilimga ega bo`lish, o`z sohasi bo`yicha jahon tajribasini o`rganish maqsadida xorijda o`qib, xalqaro kvalifikasiyaga ega bo`lmoqchiligini aytadi. Internetga kirib izlasa, bir nechta universitetlarning ro`yxati kelib chiqadi.Qaysi birini tanlolmay sarson bo`lishadi, – deydi “EDU-EXPO” MChJ kompaniyasixalqaro bo`lim menedjeri Nasiba Raupova. – Mazkur ko`rgazmada yoshlaro`zigamunosib universitetlarni topish bilan birga oliy ta`lim muassasalarining vakillari bilan to`g`ridan-to`g`ri suhbatlashish imkoniyatiga ega bo`lmoqda. Aytish kerakki, ko`rgazmada top mingtalikka kirgan nufuzli universitetlar qatnashyapti. Hozirda yoshlarning ko`pchiligi biznes, injenerlik sohasida o`qishni xohlaydi. Ko`rgazmada qatnashayotgan ta`lim muassasalarining deyarli barchasida mazkur yo`nalishlar bor.

Ko`rgazmada umumta`lim maktablari, kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta`lim muassasalaribitiruvchilari, ularning ota-onalario`zlari qiziqqan sohalari o`yicha mutaxassislar bilan suhbat olib bormoqda.

–Ko`rgazmaga magistraturaga kirish uchun qaysi universitetni tanlasam ekan, degan savol bilan keldim. Soham bo`yicha biznes yo`nalishida o`qishni davom ettirmoqchiman, – deydi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 5-kurs talabasi Abduvohid Valijonov. – Xorij universitetlari, ularda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, umuman o`qish bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar olyapman. Shvesariyaning “Geneva business school”i ma`qul keldi. “IELTS” darajasi 6,5 bo`lgan, testlardan muvaffaqiyatli o`tgan yoshlar “Geneva business school”ga o`qishga kirishi mumkin.

Endilikda mazkur ta`lim ko`rgazmasi yilda ikki marotaba an`anaviy ravishda o`tkazib boriladi.

Eslatib, o`tamiz mazkur ko`rgazma ertaga“Yoshlar ijod saroyi”da faoliyatini davom ettiradi. Shuningdek, ko`rgazma 17 mart kuni Samarqand shahrida ham o`tkaziladi.

Go`zal Oxunova

    Boshqa yangiliklar