AQSh prezidenti Donald Tramp Efiopiyada sodir bo`lgan aviaxalokatdan so`ng, Boeing 737 Max parvozlarini vaqtincha to`xtatishga qaror qildi, deya xabar bermoqda TASS nashri.
157 kishining o`limiga sabab bo`lgan halokatdan keyin, dunyoning 20 ga yaqin davlatlari, xususan, Kanada, Avstraliya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Hindiston Boing 737 Max qatnovlarini butunlay taqiqlagan. Biroq AQSh hukumati parvozlarni davom ettirayotgan edi. Ammo prezident Tramp bergan so`nggi bayonotida AQShda ham vaqtinchalik taqiqlov joriy etilishini ma`lum qildi.






