AsosiyDunyo

Eyfel minorasida marafon bo`lib o`tdi

'Eyfel minorasida marafon bo`lib o`tdi 'ning rasmi

Fransiya poytaxti Parijda har yili o`tkaziladigan an`anaviy vertikal yugurish marafoni bo`lib o`tdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.

Eyfel minorasida o`tkazilgan ushbu yugurish musobaqasida professional sportchilar bilan birga havaskor yuguruvchilar ham ishtirok etishdi.

Qatnashchilar 279 metr balandlikka vertikal tarzda yugurib chiqishlari lozim. Ushbu poyga tobora ommalashib bormoqda. O`tgan yillarda marafonga faqat Evropadan yuguruvchilar kelgan bo`lsa, bu yil esa Osiyo, Amerika, hatto Afrikadan ham ko`plab kishilar qatnashish uchun kelishgan. Bu safargi musobaqada Polsha vakili Pitr Lobodzinskiy masofani 7 daqiqa-yu, 53 soniyada bosib o`tib, g`oliblikni qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar