Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan navbatdagi bojxona qoidabuzarligi o`z vaqtida aniqlandi.
“Sankt-Peterburg–Urganch” yo`nalishida Urganch shahriga uchib kelgan fuqaro S.N. “yashil” yo`lakdan harakatlanar ekan, bojxonachilar e`tiborini tortdi va fuqaro belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Natijada, unga tegishli bo`lgan qo`l yuklari ichidan xorijda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparati yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






