AsosiyJamiyat

“Toyota” yukxonasiga kumushlar yashirilganligi fosh etildi

'“Toyota” yukxonasiga kumushlar yashirilganligi fosh etildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy olib o`tish holatlaridan biriga chek qo`yildi.

“Ayritom” chegara bojxona postiga o`zining “Toyota Karina” rusumli engil avtomashinasida kirib kelgan fuqaro A.V. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Natijada, avtomashina yukxonasining ichki qismidagi qoplama orasiga 754,31 gramm og`irlikdagi kumush metalldan yasalgan zargarlik taqinchoqlari yashirilganligi aniqlandi. Ushbu ashyoviy dalil sifatida olingan kumushlarning umumiy qiymati qariyb 27 million so`mni tashkil etar ekan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar