AsosiyJamiyat

“Cobalt”ga yashirilgan “opiy” fosh etildi

Mamlakatimizda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga hilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va noqonuniy boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish jinoyat hisoblanadi.

Achinarlisi, bu borada muntazam ravishda targ`ibot-tushuntirish ishlari olib borilayotgani, qonunbuzarlarga keskin choralar ko`rilayotganiga qaramasdan, ayrim kishilar bila turib shu ishlar bilan shug`ullanishni kanda qilmayaptilar. Bu albatta afsuslanarli holdir.

Kuni kecha Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o`tkazildi. Tadbir davomida Samarqand-Chiroqchi yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro H.S.ga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashina shubha ostiga olinib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, avtomashina orqa o`rindig`iga to`shalgan ko`rpacha ostiga fuqaro J.K. ga tegishli giyohvandlik vositasi xufyona tarzda yashirib qo`yilganligi fosh etildi.

Viloyat IIBning ekspert xulosasiga ko`ra, tadbir davomida olingan ashyoviy dalil sof og`irligi 7,7 gramm “Opiy” giyohvandlik moddasi ekanligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar