AsosiyJamiyat

“Toshkent xalqaro aeroporti”da “Informasion markaz” tashkil etildi

'“Toshkent xalqaro aeroporti”da “Informasion markaz” tashkil etildi'ning rasmi

Turizm sohasida ulkan salohiyat va o`ziga xos turistik jozibaga ega bo`lgan ona yurtimiz O`zbekiston o`zining qadimiy obidalari, muqaddas ziyoratgohlari, tarixiy va madaniy yodgorliklari, betakror madaniyati va an`analari, qolaversa xushmanzara tabiati va fayzli go`shalari bilan sayyohlarni o`ziga rom etadi. Qolaversa, muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan bir qancha Farmon va Qarorlar ham soha rivojida huquqiy asos bo`lib xizmat qiladi.

Yurtimizda turizmni rivojlantirishda bojxona organlari muhim o`rin tutadi. Muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 16 avgustdagi“2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarorida keltirilgan vazifalarni bajarish maqsadida, Davlat turizmni rivojlantirish qo`mitasi va Davlat bojxona qo`mitasi o`zaro hamkorlikda “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti”ning uchib kelish zalida birinchi “Informasion markaz”ni tashkil etdi. Ushbu markazning asosiy vazifasi yurtimizga kirib kelayotgan turistlar uchun, shuningdek ichki turistik sayohat qilayotgan fuqarolar uchun zarur bo`lgan barcha ma`lumotlarni taqdim etishdir. Shu bilan birga, yo`lovchilar o`zlariga kerakli bo`lgan bojxona qonun qoidalari xaqidagi axborotlarni ham ushbu markazdan olishlari mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar