AsosiyJamiyat

​Malaka oshirish sayyor o`quv yig`inlari Sirdaryo viloyatida davom etmoqda

'​Malaka oshirish sayyor o`quv yig`inlari Sirdaryo viloyatida davom etmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining Farmoyishiga asosan Malaka oshirish instituti tomonidan tashkil etilgan sayyor o`quv yig`inlarining navbatdagisi joriy yilning 25 mart kuni Sirdaryo viloyatida boshlandi. Mashg`ulotlar Institutning IIV Sirdaryo akademik liseyidagi filialida bo`lib o`tmoqda. Unga Sirdaryo viloyati tuman-shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, ichki ishlar bo`limlari boshliqlari va ularning o`rinbosarlai hamda profilaktika inspektorlari jalb qilingan.


O`quv jarayonining samaradorligini oshirish uchun viloyat shahar-tumanlaridagi kriminogen vaziyat, sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning sabab va sharoitlari tahlil qilinib, xodimlarga muammolarning echimiga yo`naltirilgan tegishli taklif va tavsiyalar berilmoqda. Mashg`ulotlarga Vazirlikning sohaviy xizmatlaridan tajribali xodimlar jalb etilganligi, uning sifatiga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda.

Malaka oshirishga jalb qilingan xodimlarning xizmat hududidagi vaziyatni o`rganish va tahlil qilish, ish faoliyatini to`g`ri rejalashtirish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, profilaktik chora-tadbirlarni o`tkazishdagi muammolar va ularning echimlari, ichki ishlar organlarining boshqa davlat organlari, fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish tuzilmalari bilan hamkorligi, ichki ishlar organlarida xizmat, ijro intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek global axborot tarmog`idan foydalanib sodir etilayotgan jinoyatlarni aniqlab, fosh etishdagi muammolar hamda ularni echishga oid bilim va kasbiy mahoratlari oshirilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qilmoqda.


Shu bilan birga, tinglovchilarda mamlakatimiz ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli turli sohadagi islohotlarning mazmun va mohiyati, hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda sektorlar faoliyatini tashkil etish, “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini respublikamizning barcha hududlariga joriy etish va uni tashkillashtirish, favqulodda holatlar, epidemiya va epizootiya hamda boshqa hollarda ichki ishlar organlari xodimlarining vazifalari va ularning samaradorligini oshirish choralariga oid malakalari shakllantirilmoqda.

Bundan tashqari, viloyat IIBda «Istiqbolli yosh kadrlar zahirasi»ga olingan xodimlarning boshqaruvga doir bilim va ko`nikmalarini shakllantirish bo`yicha o`quv kurslari tashkil etilmoqda. Yig`in yakunida barcha ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshiriladi.

Keyingi mashg`ulotlar Toshkent viloyati va Toshkent shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar