AsosiyJamiyat

Toshkentda oziq-ovqat sanoati ko`rgazmasi bo`lib o`tadi

'Toshkentda oziq-ovqat sanoati ko`rgazmasi bo`lib o`tadi'ning rasmi

3-5 aprel kunlari “O`zekspomarkaz” MKMda Qishloq xo`jaligi vazirligining rasmiy hamkorligida oziq-ovqat sanoati va mahsulotlari “Oziq-ovqat sanoati” UzFood 2019 - Xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tadi.

Ko`rgazmada dunyoning 26 mamlakatidan 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadilar. Shuningdek, UzFood 2019 stendlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksportga yo`naltirilgan mahsulotlari taqdim etiladi.

Ko`rgazmada quyidagi bo`limlar taqdim etiladi: Oziq-ovqat va ichimliklar, Non mahsulotlari, Oziq-ovqat mahsulotlari, qo`shimchalar va ziravorlar, Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash uskunalari, HoReCa va qadoqlash.

Ko`rgazma davomida Chakana savdo markazi tashkil etiladi va ishtirokchilar uchun O`zbekiston bozoriga mahsulotlarni olib kirish uchun chakana savdo tarmoqlari bilan muzokaralar o`tkazish imkoniyatini mavjud bo`ladi.

Ko`rgazmada qatnashish uchun taklifnoma quyidagi manzilda: http://bit.ly/on-reg

O`zbekiston Respublikasi

Qishloq xo`jaligi vazirligi

Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar