AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bolalar salbiy ta`sir ko`rsatadigan axborotdan himoya qilinadi

19 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari “Bolalarni ularning jismoniy va ma`naviy rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan axborotdan himoya qilish to`g`risida”gi qonun loyihasini ko`rib chiqdi. Bu haqda uz24.uz nashri Qonunchilik palatasining Axborot xizmati xabarlariga tayanib ma`lumot beradi.

Ushbu qonun loyihasi “Sog`lom bola yili” Davlat dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Qonun loyihasi bolalarni jismoniy, ruhiy, ijtimoiy, axloqiy va ma`naviy rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan axborotdan himoya qiladigan qonunchilik kafolatlari va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni aniq belgilab qo`yishga qaratilgandir.

Har tomonlama ko`rib chiqishdan so`ng, siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O`zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar ushbu qonun loyihasining asosiy qoidalarini ma`qulladi va birinchi o`qishda qabul qildi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar