Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limixodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda sitrus mevalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi.
Tezkor tadbir davomida, “Namangan-Toshkent” yo`nalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro S.A boshqaruvidagi “ISUZU” yuk avtomashinasi Pop tumanida joylashgan yo`l patrul xizmati maskanida to`xtatilib belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo`lmagan, xorijda etishtirilgan 110 million so`mlik, og`irligi 3638 kilogramm bo`lgan 5 turdagi sitrus mevalari borligi aniqlandi.
Noonuniy olib kelingan sitrus mevalari orasida Peruda etishtirilgan uzum va avakado, Braziliya davlatida etishtirilgan laym, Janubiy Afrika noki va Italiya olmalari mavjud ekan.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.