Andijon viloyati Oltinko`l tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tuman ichki ishlar boshqarmasiga murojaat etib, Epica rusumli avtomobilining o`g`irlab ketilganini ma`lum qildi. Bu haqda O`zbekiston Ichki ishlar vazirligining «Na Postu» gazetasiga tayanib, «Podrobno.uz» xabar bermoqda.
Jabrlanuvchining so`zlariga ko`ra, u avtomobilini ko`chada qarovsiz qoldirib, ishlari bilan ketgan. Birozdan so`ng qaytganida esa mashinaning joyida yo`qligini ko`rgan.
Jabrlanuvchining murojaati asosida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoiy ish qo`zg`atilib, viloyat hududida mashinani tutish rejasi tuzildi.
Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida tez orada Epica’ni haydab qochgan shaxs ishsiz fuqaro ekani aniqlanib, u qo`lga olindi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.





