AsosiyDunyo

Afg`onistondagi voleybol musobaqasida ro`y bergan terakt natijasida 50 kishi halok bo`ldi

Afg`onistondagi voleybol musobaqasida amalga oshirilgan terrorchilik harakati natijasida halok bo`lganlar soni 50 nafarga etdi. Bu haqda, mahalliy ma`muriyat vakillariga asoslanib, Agence France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.

“Terrorchi-kamikadze motosiklda bo`lgan, u voleybol o`yini markaziga kirib borib, o`zini o`zi portlatib yuborgan”, – deydi Paktika viloyati gubernatori o`rinbosari.

Uning qayd etishicha, tadbirda ko`plab mahalliy amaldorlar va polisiyaning yuqori martabali vakillari ishtirok etayotgan edi.

Pokiston bilan chegaradosh Paktika viloyatida sodir bo`lgan hodisa natijasida kamida 50 kishi halok bo`lgan, 60ga yaqin kishi turli darajada tan jarohati olgan, qator jabrlanuvchilarning ahvoli og`ir ekanligi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar