AsosiyJamiyat

Namanganda Nexia o`g`risi mashinada aylanishni orzu qilgani uchun jinoyatga qo`l urganini ma`lum qildi

Namangan viloyati Norin tumanida Nexia avtomobilini o`g`irlagan shaxs qo`lga olindi, deb xabar bermoqda «Na postu» gazetasi.

Avtomobil egasi o`z mulki yo`qolib qolganini payqagach, bu haqda tezda ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Huquqni muhofaza qilshsh organlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor reja natijasida o`g`ri qo`lga olingan.

U qilgan ishidan to`liq pushaymon ekanligini aytib, bu jinoyatga mashinada aylanishni orzu qilgani sababli qo`l urganini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar