AsosiyJamiyat

Poytaxtimiz yo`lovchilari uchun yangi qulaylik

Poytaxtimizdagi har xil yo`nalishdagi 170 ta avtobuslarda ikki tomonlama aloqa qilish qurilmalari o`rnatilgan.

Shu yilning oxirida bunday qurilmalar barcha yo`nalishdagi yo`lovchi tashish transportlariga o`rnatiladi. Keyinchalik mingdan ortiq bekat hamda avtobus to`xtash joylariga elektron tablo qo`yilishi ko`zda tutilgan.
Bu tablolar yo`nalish vaqtini ko`rsatadi. Yo`lovchilar esa kerakli avtobus qachon kelishi haqida ma`lumot olishlari mumkin bo`ladi.

Shuningdek, yo`lovchilar mobil telefon, smartfon yoki plantshet yordamida www.via.uz sayti orqali kerakli avtobusning biror bir bekatga qachon kelishi, tariflar va yo`nalishlar haqida ma`lumotlarga ega bo`lishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar