AsosiyJamiyat

Aksariyat murojaatlar plastik kartochkalarga oid bo`lmoqda

Ta`kidlash joizki, «Ishonch telefon»lariga qilinayotgan murojaatlarning aksariyati savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalarida savdo qoidalarining buzilganligi hamda to`lovlarni plastik kartochkalari orqali amalga oshirishda hisob-kitob «Terminal» apparatlari ishlatilmayotganligi va shu bilan bog`liq masalalar xususida bo`lmoqda, deb yozilmoqda soliq.uz saytida.

 Jumladan, 2014 yil 1 noyabr holatiga davlat soliq xizmati organlarining «Ishonch telefon»lariga qilingan fuqarolarning murojaatlari asosida o`tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 1285 ta holatda jami 145391,4 ming so`m miqdorida nazorat - kassa mashinasiga kirim qilmaslik, 752 ta tegishli hujjatlarsiz mahsulotlar sotish va xizmatlar ko`rsatish hamda 64 ta boshqa soliq qonunlarini buzish holatlari aniqlanib, aybdorlarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar