AsosiyDunyo

Mexikoda favqulodda ekologik vaziyat e`lon qilindi

'Mexikoda favqulodda ekologik vaziyat e`lon qilindi 'ning rasmi

Meksika poytaxtida favqulodda ekologik vaziyat e`lon qilindi, deya xabar qilmoqda Tvzvezda.ru nashri.

Bunga esa Mexiko yaqinida ro`y berayotgan o`rmon yong`inlari sabab bo`lgan. Alangadan chiqayotgan qora tutun havoning zaharlanishiga olib kelmoqda. Havo kontsentrasiyasi bir kubometr uchun 158 mikrogrammgacha oshgan. Aslida normal holat 25 mikrogrammga teng.

Sog`liqni saqlash vazirligi odamlarni niqobsiz ko`chaga chiqmaslik hamda chuqur nafas olmaslik haqida ogohlantirgan. Bu ayniqsa, qariyalar hamda bolalar salomatligi uchun xavflidir.

    Boshqa yangiliklar