AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Belarus harbiylari bilan hamkorlikda mashg`ulotlar o`tkaziladi (Video)

'O`zbekistonda Belarus harbiylari bilan hamkorlikda mashg`ulotlar o`tkaziladi (Video)'ning rasmi

Joriy yilning 20—27 may kunlari Namangan viloyatida joylashgan “G`urumsaroy” poligonida birinchi marta O`zbekiston hamda Belarus Respublikalari qurolli kuchlari hamkorligida “Jangovar hamdo`stlik—2019” maxsus-taktik o`quv mashg`ulotlari o`tkaziladi.

Ushbu o`quv mashg`ulotlari O`zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikalari o`rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo`yicha amaliy harakatlar rejasiga asosan tashkil etiladi.

Tajriba va malaka almashuv bilan bog`liq amaliy mashg`ulotlarning barchasi “G`urumsaroy” poligoni hududlarida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Ta`kidlash kerakki, 22—27 aprel kunlari “Forish” tog` dala o`quv maydonida O`zbekiston Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari bilar hamkorlikda maxsus-taktik o`quv mashg`ulotlari o`tkazilgandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati


Boshqa yangiliklar