AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Rossiya adliya vazirliklari Hamkorlik dasturini imzoladi

'O`zbekiston va Rossiya adliya vazirliklari Hamkorlik dasturini imzoladi'ning rasmi

Joriy yilning 15 may kuni Sankt -Peterburgda o`tayotgan IX xalkaro yuridik forumi (PXYuF) doirasida O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov Rossiya Federasiyasi adliya vaziri A. Konovalov bilan uchrashdi.

Adliya vaziri R.Davletov rossiyalik hamkasbini O`zbekiston delegasiyasini PXYuF-2019 da ishtirok etish uchun taklif etgani, shuningdek O`zbekiston investisiyaviy qonunchiligini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlarni namoyish etish uchun alohida maydoncha taqdim etgani uchun minnatdorlik bildirdi.

O`z navbatida Rossiya adliya vaziri o`zbekistonlik hamkasblarini joriy yilning 25-27 aprel kunlari Toshkent shahrida muvaffaqiyatli o`tkazilgan "Tashkent Law Spring" birinchi xalkaro yuridik forumi bilan qutladi.

Tomonlar turli mamlakatlar yuridik hamjamiyatlarini yaqinlashtirish, huquq sohasidagi eng yaxshi tajribalarni o`rganish, sohadagi dolzarb masalalar va zamonaviy tendensiyalarni muhokama qilishda muhim rol o`ynaydigan bu kabi tadbirlarni tashkil etishda hamkorlik qilish muhim ekanini ta`kidladilar.

Uchrashuv chog`ida O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasida 2019-2020 yillarga mo`ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.

Ushbu dastur o`zaro stajirovkalar o`tkazish, tajriba almashish, tizim tashkilotlari o`rtasida ikki tomonlama munosabatlar o`rnatish orqali ikki mamlakat adliya vazirliklari o`rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlarni o`tkazishni ko`zda tutadi.

O`zbekiston Respublikasi delegasiyasining PXYuF-2019dagi ishtiroki davom etmoqda.

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

    Boshqa yangiliklar