5 may kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida bilim yurti kursantlari va AQSh Qurolli kuchlari rezervdagi ofiserlarni tayyorlash korpusining 36 nafar kadeti ishtirokida “Buyuk sarkardalar va davlat arboblari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi.
Konferensiya davomida Akademiya kursantlari va tinglovchilari Amir Temur, Alisher Navoiy, Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi va boshqa buyuk namoyondalarimiz haqidagi ma`ruzalarini o`zbek, rus, ingliz tillarida bayon etdi.
Shuningdek, xorijlik kadetlar uchunyurtimizning qadimiy tarixi, shonli o`tmishi va buguni to`g`risida tayyorlangan hujjatli filmlar va videoroliklar konferensiya ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Ushbu uchrashuv avvalo ikki davlat yoshlarining o`zaro fikr almashishi, erkin va do`stona muloqoti uchun zamin yaratmoqda.
Ta`kidlash kerakki, AQSh Qurolli kuchlari vakillari uch hafta davomida Akademiya hamda Mudofaa vazirligining boshqa oliy harbiy ta`lim muassasalarifaoliyati, o`quv tizimi, kursantlarimizga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o`zaro tajriba almashishlari ko`zda tutilgan.
Eslatib o`tamiz, 14 may kuni Missisipi shtati gubernatori Filipp Brayant boshchiligidagi AQSh delegasiyasi yurtimizga tashrif buyurib, O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasidagi o`quv jarayonlari bilan tanishgan edi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati