Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining delegasiyasi IX Sankt-Peterburg xalqaro huquqiy forumida ishtirok etmoqda. Forum ishi doirasida O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazmoqda.
Mana shunday uchrashuvlardan yana biri joriy yilning 16 may kuni bo`lib o`tdi. O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. DavletovQozog`iston Respublikasi adliya vaziri M. Beketaev bilan uchrashdi.
O`zbekiston Adliya vaziri Qozog`iston adliya vaziriga 2019 yilning 25-27 aprel kunlari Toshkentda bo`lib o`tgan “Toshkent huquq bahori” xalqaro yuridik forumi haqida ma`lumot berdi. Shuningdek, R. Davletov O`zbekiston Respublikasi adliya vaziriDavlat xizmatlari agentligining faoliyati hamdavasiyatnomalar, bitimlar, ariza va boshqa hujjatlarniimzolash jarayonidanotariuslar audio va videofiksasiyasining majburligi haqida ham so`zlab berdi.
Bundan tashqari, O`zbekiston RespublikasiPrezidentining qaroriga muvofiq, Intellektualmulk agentligiO`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimiga o`tkazilgani haqida xabardorqildi vabu borada Qozog`iston tajribasini o`rganishdan maanfaatdorligini bildirdi.
O`z navbatida, Qozog`iston Respublikasi adliya vaziri M. Beketaev hammamlakatdagi konstitusiyaviy islohotlar, xususan, vazirlarni tayinlash sohasidagi o`zgarishlar haqidagi ma`lumotlar bilan tanishtirdi. Shu bilan birgaJahon bankiloyihalariniamalga oshirish va o`zlashtirishdagi tajribasibilan o`rtoqlashdi.
M. Beketaev R. Davletovni Nur-Sulton shahrigataklif etdi va yozda Toshkentga tashrif buyurishnirejalashtirayotganini ma`lum qildi.
Uchrashuv yakunlari bo`yicha tomonlar o`zaro manfaatli bo`lgan barchasohalarda hamkorliknirivojlantirishga kelishib oldilar.
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegasiyasining Peterburgda bo`lib o`tayotgan IX xalqaro yuridik forumidagi ishtiroki davom etmoqda.