AsosiyJamiyat

​Navoiyda xalqaro biznes-forum bo`lib o`tdi

'​Navoiyda xalqaro biznes-forum bo`lib o`tdi'ning rasmi

Navoiy viloyatida “Navoiy hududini o`zingiz uchun kashf qiling – biznesingiz uchun yangi gorizontlar joyi” nomli O`zbekiston-AQSh-Kanada biznes-forumi bo`lib o`tdi.

Ushbu xalqaro miqyosdagi yirik anjumanda AQSh va Kanadaning qishloq xo`jaligi, moliya, qurilish sohasida faoliyat yurituvchi 100 ga yaqin kompaniyalari hamda ta`lim sohasidagi muassasalar vakillari ishtirok etdi.

Forum doirasida ishtirokchilar Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Navoiy mashinasozlik zavodi, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida bo`ldi. Shuningdek, mehmonlar XI asr yodgorligi bo`lmish Raboti Malik karvonsaroyiga ham tashrif buyurdi.

Xorijlik ishbilarmonlar “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida qator ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu erda vohaning har bir tuman va shahrida ishlab chiqarilgan sanoat hamda qishloq xo`jaligi mahsulotlari namoyishi tashkil etildi. Xorijlik ishbilarmonlar bilan mahalliy tadbirkorlar o`rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

7.jpg

10.jpg

14.jpg

20.jpg

22.jpg

23.jpg

    Boshqa yangiliklar