AsosiyJamiyat

​Markaziy Osiyoda yagona bo`lgan universitet 3 yoshga to`ldi

'​Markaziy Osiyoda yagona bo`lgan universitet 3 yoshga to`ldi'ning rasmi

O`zbek tili va adabiyoti bo`yicha filologlar, ilmiy-pedagogik kadrlar, yuqori malakali tarjimonlar etishtirib berish, mazkur sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritish, soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish asosiy vazifasi bo`lgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti 3 yoshga to`ldi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 maydagi Farmoniga asosan tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti o`z yo`nalishida Markaziy Osiyoda yagona universitet hisoblanadi.

Bugungi kunda universitetning 3 ta fakultetida 4 ta`lim yo`nalishida 1700 nafar talaba tahsil oladi, ularga 2 nafar akademik, 28 nafar professor ta`lim beradi.

Universitet 3 ta xalqaro assosiasiya a`zosi, dunyoning ellikka yaqin nufuzli OTMlarining yaqin hamkori, mamlakatimizdagi 18 ta va xorijdagi 18 ta oliy ta`lim dargohlariga tayanch oliy o`quv yurti sanaladi.

Universitet jamoasi tomonidan OTM tashkil topganining uch yillilgi munosabati bilan 3 yillik tarixi aks etgan ko`rgazmalar, fotolavhalar va bayram tantanalari tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar