Poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining V xalqaro forumi boshlandi. "Xalq so`zi" nashrining yozishicha, anjumanda mazkur oliy o`quv yurtini tamomlagan va ayni paytda turli yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan davlat arboblari, siyosatchilar, yirik tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Forumda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning forum ishtirokchilariga yo`llagan bayram tabrigini O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov o`qib eshittirdi.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin ham Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti tashkil etilganining 75 yilligi munosabati bilan tabrik yo`lladi. Uni MDXM rektori A.Torkunov o`qib eshittirdi.

Tadbirda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti madhiyasi yangradi. Uning muallifi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov sanaladi.

Forum davom etmoqda.






