Bugun, 19 may kuni Sharqiy harbiy okrug “G`urumsaroy” dala-o`quv maydonida joriy yilning 20 – 27 may kunlari o`tkaziladigan “Jangovar hamdo`stlik –
Unda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ofiserlari, Sharqiy harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov, Pop tumani hokimi, O`zbekiston va Belarus mamlakatlarining harbiy xizmatchilari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so`zga chiqqanlar respublikalarimiz o`rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirilayotgani va aynan ikki mamlakat qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari hamkorligida o`tkazilayotgan maxsus-taktik o`quv mashg`ulotlari ana shu ishlarning uzviy davomi ekanligini ta`kidlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tilashdi.
– Vataningizga ilk bor kelishim, biroq O`zbekiston Respublikasi, uning qadimiy tarixi va dunyoga mashhur obidalari hamda mehmondo`st xalqi va bu erda olib borilayotgan ulkan ishlar haqida ko`p eshitganman, – deydi Belarus Respublikasi vakili kichik serjant Pavel Tyurin. – Serquyosh O`zbekistonga kelganimdan hursandman. Bizni o`zbekona mehmondo`stlik bilan samimiy kutib olishdi. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, “Jangovar hamdo`stlik –
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati