1

Fuqarolik jamiyati institutlari uchun grantlar e`lon qilinadi

Jamiyat 20.05.2019, 23:32
Fuqarolik jamiyati institutlari uchun grantlar e`lon qilinadi

“Yuksalish” umummilliy harakati AQShning Xalqaro hamkorlik agentligi (USAID) moliyaviy ko`magida “Fuqarolik jamiyati rivojlantirish assosiasiyasi” (Qozog`iston) bilan hamkorlikda O`zbekistonda “Innovasiyalar uchun hamkorlik” dasturini amalga oshirmoqda.

“Innovasiyalar uchun hamkorlik” dasturining maqsadi – fuqarolik jamiyati institutlari, davlat organlari va biznes hamjamiyatining konstruktiv va samarali hamkorligini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish orqali O`zbekistonda fuqarolik jamiyatining rolini oshirishdan iborat.

Dastur doirasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan fuqarolik jamiyati institutlari uchun grantlar e`lon qilinmoqda. Ushbu grant mablag`lar davlat va jamoat idoralari tomonidan jamoatchilik manfaatlariga ta`sir ko`rsatadigan qarorlarni muhokama qilish va qabul qilish jarayonlarida fuqarolik jamiyatining ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.

Arizalar 2019 yilning 5 iyuniga qadar p4i@yuh.uz yoki p4iuzb@gmail.com elektron manzillari orqali qabul qilinadi. G`oliblarga 7000 AQSh dollarigacha bo`lgan grant mablag`lari loyihani bir yil davomida amalga oshirish uchun taqdim etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1