1

​O`zbek Milliy akademik drama teatrida Ozod Sharafiddinov xotirlandi

Jamiyat 22.05.2019, 06:44
​O`zbek Milliy akademik drama teatrida Ozod Sharafiddinov xotirlandi

Yurtimizda mohir munaqqid, adabiyotshunos olim, ustoz adib, O`zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov tavalludining 90 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu sana munosabati bilan poytaxtimizdagi O`zbek Milliy akademik drama teatrida xotira kechasi bo`lib o`tmoqda.

Unga adabiyot muxlislari, turli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o`qituvchilar, ma`naviyat targ`ibotchilari, talaba-yoshlar taklif etildi.

Ustoz tavalludining 90 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunda keng jamoatchilik vakillari, shoir va yozuvchilar poytaxtimizda Ozod domla mangu qo`nim topgan maskan – Forobiy (Chig`atoy) qabristoniga borib, uning qabrini ziyorat qildilar. Olimning xotirasiga Qur`on tilovat qilindi. Adiblar xiyobonida esa uning haykali poyiga gullar qo`yildi. Ijodining yoshlar tarbiyasi, milliy adabiyotimiz rivojidagi o`rni xususida so`z yuritildi. Shu kuni ijodkor istiqomat etgan uyda uning xotirasiga bag`ishlab yodgorlik lavhasi ochildi.

Milliy teatr binosida o`tkazilayotgan adabiy-badiiy xotira kechasida ta`kidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ma`rifiy jabhalarda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida ijodkorlar uchun zarur barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratish, ularni moddiy va ma`naaviy qo`llab-quvvatlash, so`z san`atiga mehri baland yoshlarga keng imkoniyatlar eshigini ochish, kitobxonlikni rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu boradagi ibratli sa`y-harakatlarda ustoz adib va shoirlar, munaqqidlar, umrini milliy adabiyotimiz ravnaqiga sarflagan fidoyi ustozlarning ijodini puxta o`rganish, targ`ib va tashviq qilish, ularning aziz xotirasiga ehtirom ko`rsatishga e`tibor qaratilmoqda.

Serqirra ijodkor Ozod Sharafiddinov mohir tarjimon, adabiyotshunos olim, munaqqid, mehribon murabbiy sifatida xalqimiz qalbidan mustahkam o`rin olgan ijodkordir. Uning asarlari milliy adabiyotimiz rivojini yangi, yanada yuksak pog`onaga olib chiqishda, sohaga oid dolzarb masalalarning ildizini teran tahlil etish, o`rganishda, yoshlarning bilimini boyitishda g`oyat katta ahamiyat kasb etadi. Ustozning "Ijodni anglash baxti", "Dovondagi o`ylar", "Domlalar" va boshqa ko`plab kitoblari yurtimizning ilm-ma`rifatiga, taraqqiyotiga munosib hissa qo`shgan ijodkor ziyolilarning bosib o`tgan umr yo`lini teranoq anglash, faoliyati bilan yaqindan tanishish, insoniy fazilatlarini targ`ib qilish bilan birga turli yillar, davrlar silsilasini yanada teranroq anglash imkonini berishi, o`zini qalamkash sanagan insonning o`z ijodiga chetki ko`z bilan, ya`ni tahliliy-tanqidiy nigoh tashlashga o`rgatishi bilan g`oyat qadrlidir.

Kechada yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar O.Sharafiddinov ijodi, faoliyati, uning asarlari xususida batafsil so`z yuritmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1