1

MIB direktori Farg`ona viloyatida sayyor qabullarni o`tkazdi

Jamiyat 22.05.2019, 10:16
MIB direktori Farg`ona viloyatida sayyor qabullarni o`tkazdi

Joriy yilning 20 may kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Bahromovich Qudratxo`jaevning Byuroning Uchko`prik tuman bo`limi binosida Buvayda, Dang`ara, Bag`dod, Beshariq, Furqat, Uchko`prik, O`zbekiston tumanlari hamda Qo`qon shahar aholisi uchun sayyor qabul bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda Byuroning Farg`ona viloyati rahbariyati ishtirok etdilar.

Tadbir davomida, aholi tomonidan o`zlarini qiynab kelayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi.

Xususan¸ Uchko`prik tumanida yashovchi R.Abdullaevaning qarzdor tomonidan aliment to`lovlari o`z vaqtida amalga oshirilmayotgani haqidagi murojaati nazoratga olinib, undiruvchiga shu kunning o`zida 12 mln. so`m aliment qarzdorligi to`liq undirib berildi.

Bundan tashqari, fuqaro A.G`ulomovning murojaati bo`yicha tegishli choralar ko`rilib, 9,2 mln. so`m haqdorligi qarzdordan to`liq undirilishiga amaliy yordam ko`rsatildi.

Xuddi shuningdek, 21 may kuni Byuro direktori tomonidan Byuroning Farg`ona tuman bo`limi binosida Oltiariq, Rishton, Farg`ona, Qo`shtepa, Yozyovon, Toshloq, Quva tumanlari hamda Farg`ona, Marg`ilon va Quvasoy shaharlari aholisi uchun ham sayyor qabul tashkil etildi.

Tashkil etilgan 2 kunlik sayyor qabul davomida jami 19 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati eshitilib, 4 ta murojaatlar ijobiy hal etilgan, 5 ta murojaatlar taalluqliliq bo`yicha boshqa viloyatlarga yuborilgan. Qolgan murojaatlarni hal etish bo`yicha mas`ul xodimlar belgilanib, hal etish choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1