Joriy yilning 18-may kuni Yodju texnika institutida O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti o`rtasida kadrlar tayyorlash, ilmiy izlanishlar va kelgusida turizm sohasini rivojlantirish maqsadida uchrashuv bo`lib o`tdi.
Muzokaralar davomida o`zaro tomonlar turizm sohasidagi qo`shma tadqiqotlar o`tkazish, talabalar bilan ishlash jarayonining samaradorligini va amaliy ko`nikmalarni oshirish, shuningdek, turizm sohasidagi eng yaxshi xalqaro tajribani o`rganish va tatbiq etish bo`yicha birgalikdagi konferensiyalar, seminarlar, o`quv kurslari, kadrlar tayyorlash borasidagi bilim sifatini oshirish xamda, institut bitiruvchilarini ishga joylashtirishda ko`maklashish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayyohlar orasida, ijtimoiy tadqiqotlar va so`rovnomalar, xalqaro standartlarga muvofiq statistika tizimini shakllantirish, kabi tadbirlarda volontyorlik faoliyatini olib borishda institutni jalb etish masalalari ham muhokama markazida bo`ldi.
Bo`lib o`tgan muhokamalar yakunida Toshkent shaxridagi Yodju texnika instituti va O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi memorandum imzolandi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati






